Bosh sahifa
Mobile versiya
RSS xabarlari
Qadrli madaniyat va san'at sohasining fidoyilari! Siz azizlarni, sizlar orqali millionlab san'at muxlislarini yurtimizda nishonlanayotgan bayram - 15 Aprel -"Madaniyat va san'at xodimlari kuni” bilan chin dildan samimiy tabriklayman! Aytish joizki, san'at va madaniyat har bir millatning tarixi va zakovatini tarannum etuvchi qudratli kuchdir. Fursatdan foydalanib, madaniyat va san'at sohasida ko'p yillar davomida mehnat qilib, soha rivojiga hissa qo'shayotgan siz azizlarni yana bir bor qutlab, o'zbek milliy madaniyatining dunyoga tanilishi va uning nufuzini yanada oshirish yo'lida xizmat qilishingizga tilakdoshman. Siz, azizlarga sihat-salomatlik, kuch-gʻayrat, baxt va omad, oilangizga tinchlik-xotirjamlik, fayz-baraka, faoliyatingizda ulkan zafarlar yor bo‘lishini tilayman!
Hurmat bilan Termiz shahar 1-sonli BMSM direktori X.B.Primov