Bosh sahifa
Mobile versiya
RSS xabarlari
Termiz shahar 1-son bolalar musiqa va san'at maktabi hamda Termiz davlat pedagogika instituti bilan hamkorlikda 2025-yil 14-oktyabr kuni 21 – oktyabr - o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligiga bag‘ishlangan "Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!" shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Ona tilimiz – millatimiz ruhi. U bizning borliq va boyligimiz. U ko‘nglimiz mulki, davlatimiz ulug‘ timsolidir. Bundan 36 yil muqaddam o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan edi. Bu o‘z davrida tom ma’noda olamshumul voqea bo‘lgan. Tilni asrash, rivojlantirish – millatning yuksalishi demak. Shu bois, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan. O‘zbek tili mustaqil davlatimizning bayrog‘i, gerbi, madhiyasi qatorida turadigan, qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas davlat ramziga aylandi.
