Bosh sahifa
Mobile versiya
RSS xabarlari
Joriy yilning 31-oktyabr sanasida Termiz shahar 1-sonli bolalar musiqa va san'at maktabining "Fortepiano" mutaxassisligi o'quvchilari ishtirokida "Yuniy virtuoz" ("Yosh iqtidor") nomli maktab tanlovi o'tkazildi. Tanlovda maktabning "Fortepiano" mutaxassisligi iqtidorli o'quvchilari ishtirok etishdi. Ushbu tanlovni N.Narzullayeva kirish so'zi bilan ochiq deb e'lon qildi hamda barcha ishtirokchilarga omad tiladi.
Maktab tanlovida o'quvchilar o'zbek va jahon kompozitorlari tomonidan yaratilgan asarlardan ijro etishdi. Bundan tashqari tanlov ishtirokchilari viktorina savollariga javob berish orqali o'z bilimlarini sinab ko'rdilar. Tanlov so'ngida barcha o'quvchilar diplom bilan taqdirlandilar.
