Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 29-ноябрь 2025, 19:35
 Bosh sahifa  Mobile versiya  RSS xabarlari

MA'RUZA DARSI

Shuningdek, oylik doirasida tashkil etilgan bugungi sinf konsertidan so'ng ma'ruza darsi tashkil etildi.
Doira cholg'u ijrochiligi asrlar davomida musiqa madaniyatimizning tarkibiy qismi bo'lib rivojlanib kelmoqda. Doira cholg'usi ommaviy cholg'u bo'lib, ijrochining yosh xususiyatini tanlamaydi. Shu  sababli 11-15 yoshli o'quvchilar mazkur cholg'uda ijrochilik ko'nikmasini hosil qilish va uning nazariy asoslarini egallash imkoniyatiga ega. Ayni paytda, mazkur cholg'u ijrochiligining taraqqiyotini chuqur bilish o'quvchilarning doira cholg'u ijrochiligi bo'yicha nazariy bilimlarini oshirish imkonini beradi. Termiz shahar 1-sonli bolalar musiqa va san'at maktabining "Doira" mutaxassisligi o'qituvchisi A.Suyunov "Doira ijrochilik saboqlari" nomli ma'ruza darsida "Doira" cholg'usi haqida ana shunday qiziqarli ma'lumotlarni yoritib berdi...