Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 29-ноябрь 2025, 19:35
 Bosh sahifa  Mobile versiya  RSS xabarlari

"Dutorda barmoq texnikasi va zarbning aniqligi ustida ishlash"

Termiz ixtisoslashtirilgan san'at maktabi o'qituvchisi Muborak Sattorova tomonidan 2025-yil 20-noyabr kuni Termiz shahar 1-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida "Dutorda barmoq texnikasi va zarbning aniqligi ustida ishlash" mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. Ustozning har bir ishorasi, barmoqlarining torlar ustida jilvalanishi, murakkab usullarni sodda va tushunarli tarzda namoyish etishi o‘quvchilarda yanada chuqurroq ishtiyoq uyg‘otdi.