Bosh sahifa
Mobile versiya
RSS xabarlari
O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Madaniyat ta'lim markazi hamda Surxondaryo viloyat Madaniyat boshqarmasi tashabbusi bilan "Musiqiy zakovat" intellektual bilimlar bellashuvining hududiy bosqichi bo'lib o'tdi. Unda Termiz shahridagi 1-sonli bolalar musiqa va san'at maktabining "Gruppa pionistlar", 2-sonli bolalar musiqa va san'at maktabining "Interval", Jarqo'rg'on tumanidagi 5-sonli bolalar musiqa va san'at maktabining "Bilimdonlar" hamda Angor tumanidagi 9-sonli bolalar musiqa va san'at maktabining "O'zbegim san'ati" jamoalari o'zaro bellashdilar. Qizg'in kechgan "bilimlar jangida" Termiz shahar 1- sonli bolalar musiqa va san'at maktabining"Gruppa pionistlar" jamoasi ham faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

