Bosh sahifa
Mobile versiya
RSS xabarlari
2023-yilning 22-dekabr kuni Termiz shahar 1-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida "Yangi yil bayrami" tadbiri bo'lib o'tdi. Mazkur bayram tadbirida yangi yil archasi bezatilib, bolajonlar tomonidan bayramga atab she'r, qo'shiq va raqslar ijro etildi. Maktabimiz o'qituvchi va o'quvchilari tomonidan ijro etilgan kuy-qo'shiqlar, raqslar yig'ilganlarga manzur bo'ldi. Tadbir davomida bolajonlarga qorboboning bayram sovg'alari tarqatildi. Bir so'z bilan aytganda yangi yil bayram tadbiri bolajonlar qalbiga quvonch baxsh etib, esda qolarli kun bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi.


