Bosh sahifa
Mobile versiya
RSS xabarlari
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Ilmli ayol - jamiyat ko'zgusi" mavzusida 11-fevral - "Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni"ga bag'ishlab haftalik o'tkazish to'g'risida 2025-yil 3-fevraldagi yig'ilishi 4-son bayoni bilan 10-15-fevral kunlari "Ilmli ayol - jamiyat ko'zgusi" mavzusida ilmiy-amaliy, ma'naviy-ma'rifiy hamda xotin-qizlarning ilmiy salohiyatlarini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar haftaligini tashkil qilish bo'yicha chora-tadbirlar dasturining 28-bandiga asosan 2025-yil 13-fevral kuni Termiz shahar 1-sonli bolalar musiqa va san'at maktabi hamda "O'zbekiston" MFYning faol fuqarolari va Termiz shahridagi 10-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi bilan hamkorlikda "Ilmli ayol - jamiyat ko'zgusi" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Ushbu tadbirga mehmon sifatida maktabimizning faxriy o'qituvchisi "Madaniyat va san'at fidokori" ko'krak nishoni sohibasi Shahriniso Qurbonova taklif etildi. Davra suhbati yakunida maktabimizning iqtidorli o'qituvchi va o'quvchilari tomonidan kichik konsert dasturi namoyish etildi. Shuningdek, bugun mehmon sifatida tashrif buyurgan bog'cha yoshidagi bolajonlarimiz esa maktabimiz faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

