Bosh sahifa
Mobile versiya
RSS xabarlari
Surxondaryo viloyati hokimligining 2025-yil 28-yanvardagi 07-14/166-sonli hamda viloyat Madaniyat boshqarmasining 01-10/69-sonli xatlariga asosan "Yoshlar orasida giyohvandlik vositalariga qarshi kurash" tezkor profilaktik tadbirlarini taskil etish maqsadida Termiz shahar 1-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida "Biz giyohvandlikka qarshimiz" shiori ostida rasmlar tanlovi o'tkazildi. Ushbu rasmlar tanlovida o'quvchilar tomonidan chizilgan eng sara rasmlar tanlab olindi. Shuningdek maktab o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari M.Primova shu obod vatanda yashayotgan har birimiz farzandlarimiz, yoshlarimizni bunday jirkanch illatlarning to‘riga tushib qolmasligi uchun ogoh va mas'ul bo‘lishimiz shartligi haqida to'xtalib o'tdi hamda o'quvchilarga giyohvandlik va uning ayanchli oqibatlari haqida tushuncha berildi.
