Bosh sahifa
Mobile versiya
RSS xabarlari
Oltinsoy tumani 15-son bolalar musiqa va san’at maktabida “Tasviriy san’at” yo‘nalishi bo‘yicha "Tasviriy san’at fanlariga innovatsion yondashuv” mavzusida oʻtkazilgan seminarda viloyatning barcha bolalar musiqa va san’at maktablari direktorlari, tasviriy san’at sinfi o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
Seminar jarayonida Madaniyat vazirligi tomonidan taqdim etilgan ikki turdagi "Tanbur" va "Nay" milliy cholgʻu asboblari taqdim etildi.
Shuningdek, ta’lim muassasasi badiiy jamoalarining konsert dasturlari ham namoyish etilib, yig‘ilganlarda yaxshi taasurot qoldirdi. Yakunda o‘tkazilgan seminar bo‘yicha davra suhbati o‘tkazilib, taasurotlar bo‘yicha fikr mulohazalar yuritildi.
