Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 29-ноябрь 2025, 19:35
 Bosh sahifa  Mobile versiya  RSS xabarlari

19-24-fevral "Fortepiano haftaligi"

Joriy yilning 19-24-fevral kunlari respublika miqyosida barcha bolalar musiqa va san'at maktablari uchun hududlarda "Fortepiano haftaligi" bo'lib o'tmoqda. Shu munosabat bilan
Termiz shahar 1-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida "Fortepiano haftaligi" bo'yicha mahorat darsi tashkil etildi.
HAFTALIK DOIRASIDA:2024-yilning 21-fevral kuni maktabimizda  Termiz davlat universiteti "Milliy libos va san'at" fakulteti "Musiqa ta'limi" kafedrasi katta o'qituvchisi, Xalqaro va respublika miqyosidagi tanlovlar laureati Sherzod Xolmatov tomonidan "Fortepiano ijrochiligida texnik ijrochilik mexanizmlarini takomillashtirish" mavzusida amaliy MAHORAT DARSI o'tkazildi. Mahorat darsi davomida Sh.Xolmatov  K.Cherniy tomonidan yaratilgan a-moll 41-etyudni  ijro etdi.