Bosh sahifa
Mobile versiya
RSS xabarlari
Surxondaryo viloyati hokimligining 2024-yil 5-dekabrdagi 06-06/272-sonli bayoni hamda viloyat Madaniyat boshqarmasining 2024-yil 5-dekabrdagi 01-8/122-sonli xati ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 6-dekabr kuni Termiz shahar 1-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida "Konstitutsiya - erkin va farovon hayot garovi" shiori ostida "Konstitutsiya - bosh qomusimiz" deb nomlangan bayram tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbir avvalida bugungi bayram ishtirokchilari tomonidan davlatimiz madhiyasi kuylandi.
Tadbirda maktabning "Xoreografiya" bo'limi o'quvchi qizlari, "Xalq cholg'ulari" bo'limi, "Estrada va zarbli cholg'ular" bo'limi, "Estrada xonandalik" bo'limi va "Fortepiano" bo'limi o'quvchilari, shuningdek maktabning "Xor" va orkeatr jamoalari o'z chiqishlari bilan ishtirok etdilar. Bugungi bayram tadbiri yig'ilganlarga haqiqiy bayram zavqini ulasha oldi.

