Bosh sahifa
Mobile versiya
RSS xabarlari
Surxondaryo viloyati hokimligining 2024-yil 5-dekabrdagi 06-06/272-sonli bayoni hamda viloyat Madaniyat boshqarmasining 2024-yil 5-dekabrdagi 01-8/122-sonli xati ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 6-dekabr kuni Termiz shahar 1-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida "Konstitutsiya - erkin va farovon hayot garovi" shiori ostida "Konstitutsiya - baxtimiz qomusi!" deb nomlangan maktab rasmlar tanlovi bo'lib o'tdi. Tanlovda iqtidorli o`quvchilar mavzu bo’yicha rasmlar chizishdi. Shuningdek, konstitutsiya va uning mohiyati haqidagi tasavvurlarini turli ranglar yordamida ifodaladi. Tanlov yakunida o'quvchilar tomonidan chizilgan rasmlar baholandi va eng yaxshi ijodiy ishlar saralab olindi.
