Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 29-ноябрь 2025, 19:35
 Bosh sahifa  Mobile versiya  RSS xabarlari

“Shuhrat” medali sohibi Bakarov Normurod Mirzayevich

2024-yilning 5-dekabr kuni Termiz shahar 1-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida Termiz ixtisoslashtirilgan san'at maktabining oliy toifali o`qituvchisi , “Shuhrat” medali sohibi  Bakarov Normurod Mirzayevich  tomonidan ”Qashqar rubobida tovush sifatini yaxshilash” mavzusida  mahorat darsi tashkil etildi. Bugungi mahorat darsida qashqar rubobi tovush imkoniyatlari, unda tovush hosil qilish va uni boshqarish haqida ham  ishtirokchi o'qituvchi va o'quvchilarga to'liq va batafsil ma'lumot berib o'tildi. Mahorat darsi so'ngida  Bakarov Normurod Mirzayevich maktab rahbariyati tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
Shuningdek joriy yilning 5-dekabr  kuni Termiz shahar 1-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida Termiz ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi o'qituvchisi, "Shuhrat" medali sohibi, oliy toifali pedagog Bakarov Normurod Mirzayevich, Termiz davlat universitetining "San'atshunoslik" fakulteti musiqa taʼlimi kafedrasi katta oʻqituvchisi Orifjon Hakimov hamda Baxrutdin Eshmuratovlarning hammuallifligida chop etilgan "KONSERT IJROCHILIK AMALIYOTI" deb nomlangan kitobi taqdimoti bo'lib o'tdi hamda ushbu kitob mualliflar tomonidan maktabimiz kutubxonasiga hadya qilindi.  Ushbu kitob barcha o'quvchi yoshlar va yosh pedagoglar uchun kerakli o'quv qo'llanma sifatida tavsiya etiladi.