Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 29-ноябрь 2025, 19:35
 Bosh sahifa  Mobile versiya  RSS xabarlari

"ARMIYA VA XALQ - BIR TANU BIR JON!"

Termiz shahar 1-son bolalar musiqa va san'at maktabida O'zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 14-yanvar  Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan "Mening armiyam - mening faxrim" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.
Bugungi tadbirda o'quvchilarga Vatanni himoya qilish, uni ko'z qorachig'idek asrab-avaylash yurtning har bir farzandi vazifasi ekanligi, yigitlarimiz ota-ona va oilasini, o'zi yashayotgan yurt tuprog'ini muqaddas bilib, Vatan himoyasi uchun doimo shay turishni burch deb hisoblashlari lozimligi, ushbu bayramning nishonlanishi xalqimizning o'z milliy armiyasiga nisbatan cheksiz hurmatini, alp yigitlariga nisbatan esa iftixorini bildirishi haqida so'z yuritildi. Shundan so'ng maktabning o'qituvchilari hamda o'quvchilari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi.