Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 29-ноябрь 2025, 19:35
 Bosh sahifa  Mobile versiya  RSS xabarlari

MAHORAT DARSI

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora tadbirlar to'g'risida"gi PQ-112-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Baxshichilik san'atiga ixtisoslashtirilgan respublika maktab-internati o'qituvchilari O'zbekiston xalq baxshisi, yozuvchilar uyushmasi a'zosi Xo'jamberdiyev Shodmon Egamberdiyevich hamda Egamberdiyev Sherali Shodmonovichlar tomonidan 2025-yilning 23-yanvar kuni Termiz shahar 1-son bolalar musiqa va san'at maktabi o'qituvchi va o'quvchilari uchun mahorat darsi o'tkazildi. Ushbu mahorat darsida Sh.E.Xo'jamberdiyev tomonidan "Alpomish", "Go'ro'g'li" dostonlaridan termalar ijro etildi. Shuningdek, "Baxshichilik" mutaxassisligi o'quvchilari ustozi Sh.E.Xo'jamberdiyev bilan birgalikda dostonlardan parchalar ijro etishdi. Mahorat darsi so'ngida Sh.E.Xo'jamberdiyev maktab ma'muriyati tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.