Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 29-ноябрь 2025, 19:35
 Bosh sahifa  Mobile versiya  RSS xabarlari

Bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish

2025-yil 18-mart kuni Termiz shahar 1-sonli bolalar musiqa va san'at maktabining o‘quv ishlari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Primova Mehriniso Shakirovna hamda fortepiano bo‘limi katta o‘qituvchisi Narzullayeva Nodira Ashurovna tomonidan  “Bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Ushbu davra suhbatida bugungi kunda mamlakatimizda bola huquqlarini himoya qilishga qaratilgan ulkan ishlar amalga oshirilayotganligi, davlatimiz rahbari ta'kidlaganidek, oldimizda turgan eng ezgu maqsadlarimiz - mamlakatimizning buyuk kelajagi ham, ertangi kunimiz, erkin va farovon hayotimiz ham, O‘zbekistonning XXI-asrda jahon hamjamiyatidan qanday o'rin egallashi ham -bularning barcha-barchasi, avvalambor, yangi avlod, unib-o'sib kelayotgan farzandlarimiz qanday insonlar bo'lib voyaga yetishiga bog‘liqligi haqida aytib o‘tildi.