Bosh sahifa
Mobile versiya
RSS xabarlari
2025-yil 21-aprel kuni Ro‘zi Choriyev nomidagi Surxondaryo ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatida Xalqaro anʼanaviy tasviriy va amaliy san’at festivalining tantanali ochilish marosimi hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, haykaltarosh, mahoratli grafik rassom Xatamov Azamat Kamalovich ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Bo'lib o'tgan ushbu tadbirda Termiz shahar 1-sonli bolalar musiqa va san'at maktabining tasviriy san'at bo'limi o'quvchilari ham o'qituvchilari X.A.To'laganova bilan ishtirok etishdi. Shuningdek, marosimda faxriy mehmonlar, san’at sohasi vakillari va ustozlar so‘zga chiqib, san’atning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni hamda ushbu festivalning ahamiyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
✨ Tadbir barchada iliq taassurot qoldirdi!

