Bosh sahifa
Mobile versiya
RSS xabarlari
Mamlakatimizda “15-aprel — O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kuni” keng nishonlanmoqda.
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning tashabbusiga asosan bu yil ilk bor sana munosabati bilan soha xodimlariga vazir tabrigi, tashakkurnomasi taqdim qilinmoqda. Ana shu maqsadda bugun Surxondaryo viloyat Madaniyat boshqarmasi mas'ul xodimlari Termiz shahar 1-sonli bolalar musiqa va san'at maktabiga tashrif buyurib, maktabimiz faxriy xodimi, afg'on urushi qatnashchisi Tohir Xodjayev bilan suhbatda bo'lib vazirning bayram tabrigi va tashakkurnomasini yetkazishdi. Tohir Xodjayev kabi madaniyat va san'at fidoiylari doimo yurtboshimiz hamda hukumatimizning e'tibori, e'tirofi va e'zozidadir.
