Bosh sahifa
Mobile versiya
RSS xabarlari
Yangi yil – eski yil tugaganidan keyin boshlanadigan navbatdagi yil, eski yilning tugashi va yangi yilning boshlanishi nishonlanadigan kun. Yilning boshlanishi turli xalqlarda har xil vaqtga to‘g‘ri keladi. Yilning boshlanishi 1-yanvar sifatida miloddan avvalgi 46-yilda Rim hukmdori Yuliy Sezar tomonidan o‘rnatilgan. Qadimgi Rimda bu kun Yanus – tanlov, eshiklar va barcha boshlanishlar xudosiga bag‘ishlangan. Yanvar o‘z nomini ikki yuz bilan tasvirlangan xudo Yanus sharafiga oldi: biri oldinga, ikkinchisi – orqaga qaraydi.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yosh avlodni turli yot g‘oyalar, mafkuraviy tahdidlardan ishonchli himoyalash, ularning bilim va ma’naviyatini yanada boyitishga qaratilgan ko‘plab ma’rifiy loyihalar, amaliy chora-tadbirlar hayotga keng tadbiq etilmoqda. Ayniqsa ular orasida bolajonlarimizning sevimli – yangi yil bayrami tadbirlari aholi o‘rtasida bayramona kayfiyat ulashish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va barkamol inson bo‘lib yetishishlarida o‘zgacha ruh baxshida etadi.
Yangi – 2023 yil arafasida ham mamlakatimizning barcha hududlarida uyushtirilayotgan “Prezident archasi” tantanalarida orziqqan yuraklarni shodliklarga to‘ldirmoqda. Mana shunday tadbirlardan biri Termiz shahar 1-bolalar musiqa va san’at maktabida ham tashkil qilinib, maktabnig faye qismida archa bezatildi.
Bayram tadbiri avvalida maktabimiz direktori X.B.Primov tadbir qatnashchilarini, ayniqsa bolajonlarni kirib kelayotgan yangi yil bayrami bilan qutlab, fursatdan foydalangan holda, o‘tib borayotgan 2022 yilda mamlakatimizda erishilgan yutuqlar, qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyatlar, yoshlarning ta’lim-tarbiyasi va jamiyat farovon turmush tarzini belgilovchi keng ko‘lamdagi ishlarning samarali natijalari yuzasidan qisqacha so‘zlab berdi.
Shundan so‘ng maktabimizning o‘qituvchi va faol o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan “Xush kelibsan, Yangi yil!” deb nomlangan badiiy dasturi namoyish etildi. Bayramona o‘yinchoq va chiroqlar bilan bezatilgan archa atrofida bir-biridan bejirim liboslar bilan kiyingan ertak qahramonlari bayramga oshiqqan bolajonlar va mehmonlarga xushnudlik ulashgan bo‘lsa, quvnoq davraga tashrif buyurgan Qorbobo va Qorqiz bolajonlar ishtirokida turli xil qiziqarli o‘yinlar tashkil qilishiga zamin yaratdi.
Maktabning barcha o‘qituvchilari va o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan kuy-qo‘shiqlar, tasviriy san’at yo‘nalishi o‘quvchilari tomonidan chizilgan turli xil ko‘rgazmali asarlar namoyish etildi.
Tadbir davomida yangragan kuy-qo‘shiqlar, ertak qahramonlarining hazil-mutoyibalari yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
