Bosh sahifa
Mobile versiya
RSS xabarlari



Musiqa madaniy hayotimizda keng o'rin tutgan va inson shaxsiyatining shakllanishida muhim rol o'ynaydigan san'at turidir. Eramizdan oldingi IV-asrdayoq grek faylasufi Platon shunday degan edi: "Eng katta tarbiyaviy omil musiqiy san'atda emasmikan, zeroki ritm va garmoniya hammadan ko'proq shu vaqtda qalbga chuqur yo'l topadi va salobat baxsh etib, uni ko'rkam qiladiki, agar tarbiya to'g'ri yo'lga qo'yilgan bo'lsa, aks holda uning teskarisi bo'lib chiqadi."Musiqa va san'atni xalqimiz orasida keng targ'ib etish, uni yoshlarimiz tarbiyasining muhim bir mezoniga aylantirish maqsadida 2023-yilning 12-fevral kuni Termiz shahar 1-sonli bolalar musiqa va san'at maktabining "Xoreografiya", "Xalq cholg'u", hamda "Estrada xonandalik" yo'nalishi o'qituvchilari va o'quvchilari Surxondaryo televideniyasining "Munavvar kun" ko'rsatuvining tonggi dasturida jonli tarzda o'z chiqishlari bilan ishtirok etishdi...